Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha Konventsiya
Kassetali oʻq-dorilar toʻgʻrisidagi konventsiya (inglizcha: Convention on Cluster Munitions, CCM) kassetali oʻq-dorilardan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro shartnoma. U har birining ogʻirligi 20 kg.dan oshmaydigan bir nechta portlovchi oʻq-dorilarni („bomblets“) sochadigan kassetali oʻq-dorilardan foydalanish, ulatni sotish va toʻplashni taqiqlaydi. Konventsiya 2008-yil 30-mayda Dublinda tayyorlangan boʻlib, hujjanning imzolanishi 2008-yil 3-dekabrda Osloda boshlangan. 2010-yil 1-avgustda 30 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan 6 oy oʻtib kuchga kirgan. 2013-yil sentabr holatiga, 113 ta davlat shartnomani imzolagan va 84 tasi uni ratifikatsiya qilgan.
Konventsiyani ratifikatsiya qilgan tomonlar „hech qachon va hech qanday sharoitda“ quyidagilar boʻyicha majburiyat oldi:
a) kassetali oʻq-dorilarni qoʻllamaslik;
b) kassetali oʻq-dorilarni yaratmaslik, ishlab chiqmaslik, boshqa yoʻllar bilan olmaslik, toʻplamaslik, saqlamaslik va hech kimga bevosita yoki bilvosita bermaslik; c) ushbu Konventsiyaga koʻra, ishtirokchi davlatga taqiqlangan faoliyatni amalga oshirishga hech kimga yordam bermaslik, ragʻbatlantirmaslik va unga turtki bermaslik.
Xalqaro hujjatda foydalanishga ruxsat etilgan suboʻq-dorilar bilan jihozlangan oʻq-dorilarning roʻyxati keltirilgan. Bunda, tanlab taʼsir qilish va portlamagan suboʻq-dorilarning xavfsizligi masalasini inobatga olish shart qilingan. Ular orasida: har birining ogʻirligi 4 kg.dan ortiq boʻlgan 10 tadan kam oʻq-dori bilan jihozlangan oʻq-dorilar bor. Ular bir nishonga zarba berish uchun moʻljallangan hamda oʻz-oʻzini yoʻq qilish va oʻz-oʻzini oʻchirish elektron mexanizmlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak[1]. Ogʻirligi 20 kg.dan ortiq boʻlgan oʻq-dorilari boʻlgan qurollar ham konventsiya bilan tartibga solinmaydi.
Kassetali oʻq-dorilarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari va egalari boʻlgan davlatlar — AQSh, Rossiya, Xitoy konventsiyaga qoʻshilmagan, yaʼni uni imzolamagan. Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Isroil, Janubiy Koreya kassetali oʻq-dorilarni samarali va zarur qurol deb bilgani sababli shartnomani qabul qilishdan bosh tortgan[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Fitzgibbon wants to keep SMArt cluster shells“, Australia Broadcasting Corporation, 29 May 2008
- ↑ The United States Aims Low on Cluster Munitions. HRW.
- ↑ Countries Sign Cluster Munitions Convention, Jeff Abramson / Arms Control Association, January/February 2009
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kassetali oʻqlar toʻgʻrisidagi konventsiya (Dublin, 200-yil 19-30-may) Diplomatik konferensiyada kassetali oʻq-dorilar toʻgʻrisidagi konventsiyani qabul qilish boʻyicha qabul qilingan // BMT; pdf
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- clusterconvention.org — konventsiyaning rasmiy sayti
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro huquq audiovizual kutubxonasi tarixiy arxividagi kassetali oʻqlar toʻgʻrisidagi konventsiya boʻyicha protsessual tarix va tegishli hujjatlar